“Vatanparvarlik aksiyasi” boʻlib oʻtdi. Unda 2000dan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etdi

Bugun, 5-yanvar kuni Mudofaa vazirligi tomonidan 5 kilometrdan ortiqroq masofaga yugurish boʻyicha “Vatanparvarlik aksiyasi” kichik marafoni oʻtkazildi. Bu haqda vazirlik Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.
Unda vazirlik harbiy xizmatchilari, Qurolli Kuchlar xizmatchilari hamda Mirzo Ulugʻbek tumani oʻquvchi yoshlari, shuningdek, faxriylardan iborat 2 mingdan ortiq fuqaro ishtirok etdi.
Kichik marafon davomida uch avlod, yaʼni faxriy harbiylar, ofitser boʻlish orzusida harbiy taʼlim muassasalarida saboq olayotgan kursantlar yugurish finish chizigʻiga qadar yugurdilar.
Marafon soʻngida turli yosh nominatsiyasi boʻyicha gʻolib boʻlgan ishtirokchilarga mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari polkovnik Xamdam Karshiyev diplom va esdalik sovgʻalarini topshirdi.
1-oʻrin – Toshkent harbiy okrugidan kichik serjant Vladislav Mamedov (15 daqiqayu 31 soniya);
2-oʻrin – Qurolli Kuchlar akademiyasi kursanti Nuriddin Rahmatov (16 daqiqayu 28 soniya);
3-oʻrin – Toshkent harbiy okrugidan leytenant Temur Ummatov (17 daqiqayu 9 soniya).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring