Vatanga xizmat qilish — sharaf, yurt osoyishtaligini asrash — burch
Foto: “Xalq soʻzi”
Temur ESHBOYEV/«Xalq soʻzi». Milliy gvardiya Navoiy viloyati boshqarmasida shaxsiy tarkib va yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarning Vatanga qasamyod qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda huquq tartibot idoralari rahbarlari, soha faxriylari va askar yigitlarning ota-onalari hamda jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Sadoqat ontini ichayotgan yigitlar hayotidagi unutilmas lahzalar bilan qutlanar ekan, Vatan uchun xizmat qilish — sharaf, yurt osoyishtaligini asrash — burch, sarhadlar daxlsizligi uchun fidoyilik — mardlik namunasi ekanligi taʼkidlandi.
— Vatan oldidagi yigitlik burchimni oʻtash uchun jismonan va ruhan tayyorlandim, — deydi Diyor Masharipov. — Nihoyat bugun hayotimdagi dastlabki orzularimdan biriga erishdim. Bu kun mening hayotimda unutilmas boʻlib qoladi.
Shuningdek, tadbirda soʻz olganlar mamlakatimiz Oliy bosh qoʻmondoni rahnamoligida oʻtgan yillar mobaynida milliy Qurolli Kuchlarimizni modernizatsiyalash va isloh qilish, eng zamonaviy qurol-yarogʻ, harbiy texnika turlari bilan qurollantirish, harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolarini uy-joy bilan taʼminlash, moddiy, ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yaxshilash borasida ulkan ishlarning amalga oshirilayotganini taʼkidladilar.
Shundan soʻng askarlar Vatan oldidagi burchini halol bajarishga bel bogʻlab, vijdoni, or-nomus va shaʼnini oʻrtaga qoʻyib, Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga va Prezidentiga sodiq boʻlishga, har qanday mashaqqatli sinov va qiyinchiliklarda ham el-yurtining yuksak ishonchini oqlashga yaqinlari va keng jamoatchilik guvohligida tantanali ravishda qasamyod qilishdi.
Marosimda Qasamyod qabul qilgan yigitlarga Prezident sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Maktablarda yangi o’quv yili boshlandi — Fotoreportaj
- Soliq inspeksiyasi xodimi 2 sinf oʻquvchilaridan nimani xohlaydi (video)?
- Hotdogdan choʻchqa yogʻigacha: maktab oshxonasida qanday oziq-ovqatlarni sotish taqiqlangan?
- Talabalar diqqatiga: ijara pulining bir qismini qoplab berish boʻyicha onlayn ariza berish boshlandi
- Asila Mirzayorova Paralimpiya oʻyinlari rekordini oʻrnatdi (+video)
- “Mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan holat!”: Davlat soliq xizmati va Bolalar ombudsmani Qashqadaryodagi holatga munosabat bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring