“Vatanda olisda ham fuqarolik huquqimizdan foydalandik” – Alisher Alixon

13:11 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
160 0

Foto: Халқ сўзи

Andijonlikman. Hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahridagi “Diyar International American Private School” maktabida ingliz tilidan saboq beraman. Garchi Vatanimdan olisda boʻlsam-da, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etdim. Buning uchun respublikamizning Dubaydagi Bosh konsulligi huzuridagi 7-saylov uchastkasiga keldim. Bu yerda oʻqib-ishlayotgan oʻzbekistonlik saylovchilar uchun barcha imkoniyat yaratib berilgan. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovoz berish joyi va vaqti haqida oldindan xabardor qilindik. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar va ularning dasturlari haqida toʻliq axborot va maʼlumotlarga ega boʻldik.

Bugun ona yurtimiz har bir sohada tub islohotlar davrini boshdan kechirmoqda. Boʻlgʻusi Prezident ana shu islohotlarni davom ettirgan holda Vatanimiz taraqqiyotiga bosh boʻlishini, Oʻzbekiston jahon hamjamiyatida munosib oʻringa ega boʻlishini xohlayman. Shuning uchun bugun fuqarolik huquqimdan foydalangan holda oʻzim munosib bilgan nomzodga ovoz berdim.

Alisher ALIXON, Birlashgan Arab Amirliklari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?