Vatan taqdiri uchun masʼullik hissi bilan

10:51 24 Oktyabr 2021 Jamiyat
142 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasiga qarashli 860 ta saylov uchastkasida ovoz jarayoni qizgʻin davom etmoqda. Barcha saylov uchastkalarida saylovchilar, shuningdek, siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari, tegishli mandatga ega boʻlgan xalqaro kuzatuvchilar hamda OAV xodimlari uchun qonunchiligimizda belgilangan talablar asosida zarur sharoitlar yaratilgan. Bu esa saylovning oshiq, oshkora va shaffof oʻtishini taʼminlayotir.

Maʼlumotlarga koʻra, viloyat boʻyicha saylovchilarning yagona elektron bazasida 1 million 467 ming 12 nafar fuqaro roʻyxati shakllantirilgan. 18-30 yoshgacha boʻlgan ilk bor saylash huquqidan foydalanayotganlar soni 510 ming 699 nafarni tashkil etmoqda. Saylov kodeksiga binoan 20 mingga yaqin fuqarolar muddatidan avval ovoz berishda ishtirok etgan.

251-saylov uchastkasi Termiz davlat universiteti binosida joylashgan boʻlib, 2821 nafar saylovchi roʻyxatga olingan. Ularning 135 nafari ilk bora saylovda qatnashmoqda. Saylov uchastkasi hududida 59 nafar bemor va nogironligi boʻlgan fuqarolar borligi aniqlangan. Saylovchilar karantin talabiga amal qilgan holda oʻzlari maʼqul deb bilgan nomzodga ovoz berishmoqda.

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga munosib deb bilgan nomzodga ovoz berish uchun birinchilar qatorida saylov uchastkasiga keldim, - deydi Termiz davlat universiteti huquqshunoslik fakulteti 2-bosqich talabasi Oʻlmas Raimov. – Oʻzim Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidanman. Bugun barcha hamyurtlarimizni, tengdoshlarimni siyosiy jarayonda faol boʻlishga chaqiraman. Oʻylaymanki, men oʻz kelajagim, Vatanim taqdiri uchun eng munosib nomzodga ovoz berdim.

Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?