“Vaqf” koʻmagida xayrli ishlar davom etmoqda

16:06 30 Noyabr 2021 Jamiyat
360 0

Foto: "Xalq so'zi"

Yurtimizning olis hududlarida istiqomat qilayotgan moddiy koʻmakka muhtoj aholi vakillari holidan xabar olish, diniy taʼlim muassasasi ustoz-toliblari bilan uchrashish, bir soʻz bilan aytganda, “Vaqf koʻmagi” loyihasini amalga oshirish maqsadida “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonov Qashqadaryo viloyatida boʻldi.

Tashrif davomida koʻplab xayrli ishlar qatorida kasb-hunarga ega, biroq turli sabablar tufayli ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan 25 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi, 5 nafariga qandolat pechi tuhfa qilindi.

– Qamashi tumanidagi Langar ota ziyoratgohini obodonlashtirish maqsadida fond hisobidan 100 mln. soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi,– deydi Oʻzbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo viloyat filiali rahbari Burxon Eshmurodov. – Xayriya tadbiri doirasida Koson tumanidagi Zulfiqor ota qishlogʻida 2 ta artezian qudugʻi qurish uchun esa 118 mln. soʻm ajratish belgilandi. Artezian qudugʻi ishga tushgach, qishloqdagi 300 ta xonadon ichimlik suvidan bahramand boʻladi.

Yahyo Abdurahmonov Kitob tumanidagi “Xoʻja Buxoriy” madrasasida oʻtkazilgan “Hadis, Fiqh, Aqoid” tanlovi gʻolib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etdi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?