Valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

18:24 06 Sentyabr 2022 Jamiyat
263 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qiziriq va Shoʻrchi tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Shoʻrchi dehqon bozori”atrofida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan D.Ch. fuqaro A.dan jami 3 500 AQSH dollarini 38,1 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?