Valyuta ayriboshlash shahobchasidan 32,5 ming dollarni oʻzlashtirgan bank nazoratchi-kassirining kirdikorlari fosh boʻldi

13:22 19 Avgust 2021 Jamiyat
686 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB ning murojaatiga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bankning Sergeli filiali qoshidagi “Oʻzgarish bank xizmatlari markazi” nazoratchi-kassiri Yu.N. va bosh mutaxassisi M.Sh.lar joriy yilning 14-17-iyul kunlari markazning valyuta ayriboshlash shahobchasidan oʻzlariga ishonib topshirilgan 32 500 AQSH dollarini olishga erishib, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Yu.N. oʻzlashtirgan mablagʻlarining bir qismini “Lacetti” rusumli avtotransport vositasini sotib olish hamda yashash xonadonini taʼmirlash ishlariga sarflab, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarini legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?