Vaksinatsiya: hozirgacha qo‘llanilgan jami vaksinalar 17,6 million dozadan oshdi

10:26 16 Sentyabr 2021 Jamiyat
291 0

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi qo‘llanilgan jami vaksinalar 17,6 million dozadan oshdi.

15 sentyabrda mamlakatimiz hududlari bo‘ylab 230 380 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar  68 096  nafarni, 
2-bosqich emlanganlar  110 431  nafarni,
3-bosqich emlanganlar 51 853   nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 17 665 698 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 10 215 423 nafarni, 
2-bosqichda emlanganlar 5 543 423 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 1 906 852 nafarni tashkil qildi. 

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 3 432 465  nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
Andijon viloyati (27 623 doza),
Namangan viloyati (25 943 doza), 
Toshkent viloyati (22 128 doza)  band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
Farg‘ona viloyatida 1 991 751 doza, 
Namangan  viloyatida 1 922 652  doza, 
Andijon viloyatida 1 917 833  dozani tashkil qilmoqda.

Emlash jarayonlari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?