Vaksinaning samaradorligi 97,2 foiz — Nurmat Otabekov oʻzbek-xitoy vaksinasi haqida

12:57 21 Iyul 2021 Jamiyat
1240 0

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari oʻrinbosari Nurmat Otabekov oʻzbek-xitoy vaksinasi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan “Oʻzbekiston 24” telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri uzatilgan koʻrsatuvda munosabat bildirdi.

«Bugun ochigʻini aytishimiz kerak, ijtimoiy tarmoqlarda vaksinalarning umuman ijobiy taʼsiridan koʻra salbiy taʼsirini yoqlab chiqadigan, teskari taʼsirini ommaga tushuntirishga urinayotgan kimsalar paydo boʻlyaptiki, bugungi kunda vaksinalar juda muhim, kerakli bir paytda, bu odamlarni fikrini, dunyoqarashini oʻzgartirishga ham olib kelyapti. Eʼtibor beraylik, Oʻzbekiston-Xitoy vaksinasini oladigan boʻlsak, mana shu vaksina boʻyicha bugun turli xil mish-mishlar, yolgʻon gap-soʻzlar, boʻhtonlar paydo boʻlmoqda.

Otabekovning soʻzlariga koʻra, hozir Oʻzbekiston 5 mln.dan koʻproq vaksinani ishlatdi. Ishlatilgan vaksinaning 4 mln. dozadan koʻprogʻi Oʻzbekiston-Xitoy hamkorligidagi ishlab chiqarilgan vaksina. Hammasi boʻlib respublikaga 8 mln.dan koʻproq doza vaksina olib kelindi.

7,5 mln. dozasi Oʻzbekiston-Xitoy vaksinasi, 370 ming dozasi «Sputnik V” vaksinasi, 710 ming dozasi AstraZeneca vaksinasi. Oʻzbekistonga olib kelingan vaksinalarning hammasi bir xil vaksina – rekombinant oqsil asosida tayyorlangan vaksina. Demak, Oʻzbekiston hududida qoʻllanilayotgan vaksinalar bu ham xavfsizlik, ham sifat nuqtayi nazaridan toʻliq talablarga javob beradigan vaksina.

Vaksina samarasi, uni qoʻllash haqida fikrlarga keladigan boʻlsak, ming afsuski hozirgi paytda epidemiologiya, virusalogiya, immunalogiya, yuqumli kasalliklar sohalaridan uzoq sohada ishlaydigan odamlar nimagadir bu ish bilan mashgʻul boʻlishga odat qildi. Keyingi paytlarda hatto tibbiyot xodimlari ichida, tibbiyot xodimlari orasida nufuzli shaxslar tomonidan ham vaksinalarni qoralab chiqish, bunga esa asos sifatida vaksinalarga shubha bilan qarash, oldinga bir fikr surayotganlar bor. Bilasizmi, bir narsaga aniqlik kiritadigan paytimiz keldi, balkim biz u darajada urgʻu bermaganligimiz uchun ham keyingi paytlarda bu kabi gaplarni paydo boʻlishiga asos qolgan», dedi Nurmat Otabekov.

Uning soʻzlariga koʻra, oʻtgan yili kasallik avjiga chiqqan paytda Oʻzbekiston va Xitoy hamkorlikni boshladi. XXR Fan akademiyasiga qarashli mikrobiologiya instituti olimlari bilan Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi ilgʻor texnologiyalar markazi olimlari hamkorlikda ishlarni boshladi.

«Albatta bu ishlarni har bittasida teg negizida vaksinani yaratish boʻldi. Oxir-oqibat mana shu hamkorlikda tayyorlangan vaksina Oʻzbekiston hududiga olib kelinib va Oʻzbekiston hududida 7 mingdan koʻproq odamda klinik sinovlari oʻtkazilgan paytda ham xitoylik 8 nafar ekspert 4 oy mobaynida Oʻzbekistonda boʻldi va sinov jarayonlarida ishtirok etdi. Har bir emlangan odam haqida ular maʼlumotga ega boʻldi.

Vaksinalarni amaliyotga kiritishdan avval bu qandaydir sinab koʻrinadi. Oʻzbekistonda sinalgan 7 ming vaksinani 3,5 minggi, yaʼni teng yarmi - bu platsebo. Platsebo - degani u aynan vaksina emas, lekin sinov jarayonida samarani baholash uchun shunday usul qoʻllaniladi. Qoʻllanish natijasida vaksinaning samaradorligi 97,2 % deb hisoblandi», dedi Nurmat Otabekov.

COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanib sogʻaygan va Sputnik V va ZF-Uz-VAS2001 vaksinasi bilan emlanganlarda Ig- G va S- RBD miqdori ushbu infeksiya bilan ogʻrimagan, emlanganlarga nisbatan bir necha barobar yuqori ekanligi chet el nufuzli olimlarni fikrini maʼqullaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?