Vaksinadan soʻng hosil boʻladigan himoya kasallik oʻtkazgandan keyingi immunitetdan yaxshiroq — Mutaxassis

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Keyingi oylarda dunyo boʻyicha haftasiga 8-10 ming kishi koronavirus qurboniga aylanyapti. “Omikron”ning muttasil mutatsiyaga uchrayotgani esa bemorlar soni koʻpayishiga olib kelmoqda. Shu bois, mutaxassislar aholi qatlami toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishi zarur, degan xulosada.
Muhayyo Asilova,Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh shifokori :
— Vaksinadan soʻng hosil boʻladigan himoya kasallik oʻtkazgandan keyingi immunitetdan yaxshiroqdir. Bu jarayonda shakllanadigan neytrallovchi antitanalar miqdori xastalikdan soʻng paydo boʻladigan tabiiy antitanalar miqdoridan ancha yuqori boʻladi.
Vaksina olmagan insonlarda:
— kasallik ogʻir kechib, hatto oʻlim holati kuzatilishi mumkin;
— dardni yengib oʻtganlar esa nafas siqishi, yurak-qon tomir tizimi hamda bosh miya shikastlanishi, suyaklar moʻrtlashishi va yemirilishi, xotira zaiflashishi kabi asoratlardan aziyat chekadi. Shu maʼnoda, emlanish nafaqat oʻzimiz, balki atrofimizdagilarni ham kasallik yuqishidan himoyalaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring