Vadim Abramov isteʼfoga chiqdi, yangi murabbiy kim boʻlishi hozircha nomaʼlum

16:30 19 Iyun 2021 Sport
1035 0

Vadim Abramov bilan tuzilgan shartnomaga koʻra, u terma jamoani Jahon chempionatiga olib chiqa olmasa, avtomatik ravishda isteʼfoga chiqishi belgilab qoʻyilgan. OʻFA prezidenti terma jamoaning yangi murabbiyi kim boʻlishi maʼlum muddatdan soʻng aniq boʻlishini aytib oʻtdi.

OʻFA prezidenti Abdusalom Abduazizov: “Milliy terma jamoaning yangi murabbiyi kim boʻlishini mutaxassislar, OʻFA faxriylari birgalikda koʻrib chiqishadi. Bu bir kunda aniqlanadigan masala emas. Yangi murabbiy kim boʻlishi aniq boʻlgandan keyin, Sizga eʼlon qilinadi”.

Shu bilan OʻFAning navbatdan tashqari hisobot kongressi yakunlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?