Vaʼdamiz vaʼda bir qatra qonimiz qolguncha dushmanni butunlay tor-mor qilguncha kurashamiz — oʻzbek jangchilarining frontdan yozgan maktubi

12:22 05 May 2021 Jamiyat
661 0

«Oʻzarxiv» agentligi tomonidan oʻzbek jangchilarining 1942-yil 24-noyabrda gazeta tahririyatiga yozgan maktubi eʼlon qilindi. 

Matndagi soʻzlar asl nusxaning stilistik xususiyatlarini saqlab qolgan holda yozilgan.

Frontdan maktub

«Siz qadrli ordenim Oʻzbekistonda yashovchi ota-onalar, aka-ukalar va opa-singillarning bizlarni esga olib, shodlik bilan qabul qilib olib, sizlarga oʻzimizning gvardiyalik alangalik Salomimizni yuboramiz. Sizlarning bizlarga qaratib yozib yuborgan maktubingiz kelishi bilan, oʻsha kuni polkimiz boʻyicha 200 dan oshiq oʻzbek oʻgʻlonlar yigʻilib katta miting boʻldi...

...Bizning boʻlinmamizda millatlar oʻrtasidagi doʻstlik aloqasi mustahkam yoʻlga qoʻyilishi natijasida rus birodarlarimizning yordami bilan rus tilini yaxshi oʻrganib, koʻpchiligimiz navodchik boʻlib yetishdik. Vaʼdamiz vaʼda bir qatra qonimiz qolguncha dushmanni butunlay tor-mor qilguncha kurashamiz.

Gʻalaba bilan kutingiz».

Mazkur hujjatlar Oʻzbekiston Milliy arxivida saqlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?