Uzbekistan Airways: Toshkent – Termiz aviaqatnovi vaqti oʻzgartirildi

11:41 04 Iyul 2022 Jamiyat
274 0

“Uzbekistan Airways” AJ Termiz xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (kuchli shamol, koʻrishning yetarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, faqat 2022-yil 4-iyul kungi HY065 Toshkent – Termiz qatnovi vaqti 07:40 dan 12:10 ga koʻchirildi. 

Shu munosabat bilan, HY066 Termiz – Toshkent qatnovi vaqti ham majburiy koʻchiriladi.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun yoʻlovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr soʻraymiz. Toʻgʻri tushunishingizga umid qilamiz” deyiladi “Uzbekistan Airways” axborotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?