"Uzbekistan Airways" talabalarga muhim eslatma bilan chiqdi

12:52 22 Yanvar 2022 Jamiyat
690 0

Oʻquv yilining ikkinchi yarmida darslar onlayn tarzda boshlanishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” talabalarga murojaat bilan chiqdi:

• 2022-yil 23-fevralgacha, shu jumladan, bepul parvozlarga chegirma saqlanib qolgan holda, 24-yanvargacha boʻlgan aviaqatnovlarga 50% chegirma bilan xarid qilingan aviachiptalarni 23-fevralga qadar bepul qayta bron qilishlari mumkin;

• Dekanatdan maʼlumotnoma va talabalik guvohnomasini taqdim qilsalar, xarid qilayotgan savdo joylaridan 50% chegirma bilan aviachiptalarni rasmiylashtirishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq ham “Uzbekistan Airways” qishki taʼtilning uzaytirilishi munosabati bilan 10.01.2022 ga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalar 23-yanvargacha mavjud reyslarga bepul qayta bron qilib berilishi haqida xabar berilgandi.

Bundan bir necha kun oldin esa mamlakatimizdagi epidomologik vaziyatdan kelib chiqib Oliy oʻquv yurtlaridagi darslar bir oy muddatga onlayn rejimga oʻtkazilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер