“Uzbekistan Airways” Sharjaga qoʻshimcha qatnovlarni joriy qiladi

Yangi yil bayramlari munosabati bilan Uzbekistan Airways 2022-yilning 2-3-yanvar kunlari Toshkentdan Sharjaga va ortga qoʻshimcha qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.
Parvozlar quyidagi parvoz jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi:
2022-yil 2-yanvar:
— Toshkentdan uchish (Toshkent vaqti bilan) 10:25, Sharjaga yetib kelish 13:00;
— Sharjadan uchish (Sharja vaqti bilan) 14:30, Toshkentga yetib kelish 18:40.
2022-yil 3-yanvar:
— Toshkentdan uchish (Toshkent vaqti bilan) 08:00, Sharjaga yetib kelish 10:35;
— Sharjadan uchish (Sharja vaqti bilan) 12:05, Toshkentga yetib kelish 16:15.
Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan,Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Aviakompaniyaning rasmiy sayti orqali aviachipta xarid qilib olayotganda 3 foiz chegirma taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Shvetsiya parlamenti Ukrainaga 600 million dollarlik harbiy yordam ajratishni maʼqulladi
- Donald Trampning hibsga olinish xavfi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring