“Uzbekistan Airways” Namangan — Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnov boʻyicha yangilangan jadvalni maʼlum qildi

19:43 06 Sentyabr 2022 Jamiyat
206 0

“Uzbekistan Airways” AJ axborot xizmati 2022-yil 7-sentyabrdan 26-oktyabrgacha faqat chorshanba kunlari HY-094 Namangan — Toshkent yoʻnalishidagi aviaqatnov boʻyicha yangilangan jadvalni maʼlum qildi. 

Unga koʻra, ushbu yoʻnalishdagi aviaqatnov (mahalliy vaqt) boʻyicha quyidagicha amalga oshiriladi:

— Namangandan uchib ketish: chorshanba kuni 17:45 (payshanba kuni soat 00:45 oʻrniga);

— Toshkentga yetib borish: chorshanba kuni 18:35 (payshanba kuni soat 01:35 oʻrniga).

“Keltirilgan noqulayliklar uchun yoʻlovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr soʻraymiz” deyiladi rasmiy axborotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?