Uzbekistan Airways: Xorijga parvozlar 30-iyundan oldin tiklanishi ham mumkin

05:26 02 May 2020 Jamiyat
1333 0

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi matbuot xizmati Covid-19 kasalligi tarqalishining oldini olish doirasida xorijga aviaqatnovlar 2020-yilning 30-iyunigacha qadar tiklanmasligi haqidagi xabar boʻyicha aniqlik kiritdi.

Maʼlum qilinishicha, aviakompaniyaning bu xabarida aviaqatnovlarni 30-iyunga qadar toʻxtatish emas, bu sanagacha boʻlgan davr uchun aviachiptalar sotishni toʻxtatish nazarda tutilgan.

Xorijga parvozlar va aviachiptalar sotuvi tiklanish muddati koronavirus tarqalishi boʻyicha xalqaro vaziyatga bogʻliq. Agar 30-iyunga qadar turli davlatlar va Oʻzbekistonda karantin boʻyicha cheklovlar bekor qilinsa, xorijiy yoʻnalishlarga chiptalar sotuvi ham, aviaqatnovlar ham qayta tiklanishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston mart oyining ikkinchi yarmidan qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqichma-bosqich toʻxtatgan edi. 30-mart kunidan Oʻzbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay toʻxtatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?