Uzbekistan Airways Dubay, Istanbul, Frankfurt, Olmota va Bishkekka doimiy aviaqatnovlarni tiklamoqda

11:53 03 Sentyabr 2020 Jamiyat
895 0

Uzbekistan Airways muntazam xalqaro aviaparvozlarni qayta yoʻlga qoʻyishni boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi

Xususan,

4-sentyabrdan haftasiga bir marta juma kunlari:

Toshkent — Dubay — Toshkent

10-sentyabrdan haftasiga bir marta payshanba kunlari:

Toshkent — Frankfurt — Toshkent

11-sentyabrdan haftasiga bir marta juma kunlari:

Toshkent — Olmota — Toshkent

14-sentyabrdan haftasiga bir marta dushanba kunlari:

Toshkent — Bishkek — Toshkent yoʻnalishlari boʻyicha doimiy parvozlar tiklanadi.

Sentyabr oyida esa Toshkent — Istanbul — Toshkent yoʻnalishida 12 ta reys(4,7,11,14,16,18,21,23,24,25,28 va 30-sentyabr kunlari)ni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ushbu reyslar orqali Oʻzbekistonga kelishni rejalashtirayotgan yoʻlovchilar soʻnggi 72 soatda PZR metodi bilan Covid-19ga test topshirgan va uning natijasi manfiy boʻlishi, shu maʼlumot ingliz yoki rus tilida koʻrsatilgan spravkaga ega boʻlishi kerak. Manfiy natija boʻlmasa, yoʻlovchilar roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.

Ana shunday spravka bilan Toshkentga kelgan yoʻlovchilar esa 14 kunlik oʻzini oʻzi yakkalash tartibiga rioya etishlari shart.

Parvoz davomida harorati koʻtarilishi yoki boshqa belgilar kuzatilgan yoʻlovchilar esa “Toshkent” aeroportida tekshiruvdan oʻtkaziladi. PZR testi ijobiy natija berganlar esa davolanish uchun shifoxonaga yotqiziladi.

Aviachiptalarni “Oʻzbekiston havo yoʻllari” sayti, mobil ilovalar, savdo ofislari, Oʻzbekiston va xorijdagi savdo boʻyicha agentlardan sotib olish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?