“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi birinchi “Airbus A321LR” havo kemasini kutib oldi (Foto/videoreportaj)

00:20 15 Fevral 2022 Jamiyat
2821 0

Bugun, 14-fevral kuni “Toshkent” aeroportining mahalliy aviayoʻnalishlar terminalida birinchi A321LR havo kemasini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Gamburg shahridan uchib kelgan ilk A321LR havo kemasi anʼanaga koʻra suv arkasi bilan kutib olindi. Tadbirda “Uzbekistan Airways” AJ rahbariyati va xodimlari, ommaviy axborot vositalari, blogerlar, spotterlar, shuningdek, faxriy mehmonlar ishtirok etishdi.

UK32101 roʻyxatga olish raqamini olgan samolyot Airbus zavodlaridan biri joylashgan Gamburg shahridan (Germaniya) 5 soatu 30 daqiqa davom etgan toʻgʻridan-toʻgʻri parvozni amalga oshirdi. Havo kemasi Uzbekistan Airways ekipaji Dilyaver Karabash va Shoxrux Rahimov boshqaruvida olib kelindi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Markaziy Osiyoda Airbusʼning uzoq masofaga moʻljallangan mahsulotining birinchi operatori boʻladi. Birinchi samolyot 188 yoʻlovchiga (biznes-klassdagi 16 oʻrin, ekonom klassida 172 oʻrin) moʻljallangan va SFM International LEAP-1A dvigatellari bilan jihozlangan. Aviakompaniya oʻzining birinchi A321LR havo kemasini mahalliy va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha foydalanishni rejalashtirmoqda.

Uzbekistan Airways Airbus bilan oʻzaro manfaatli hamkorlikni 1993-yilda boshlagan boʻlib, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi va hozirda “Uzbekistan Airways” AJ A310 havo kemasidan boshlab Gʻarbda ishlab chiqarilgan zamonaviy samolyotlar parki bilan yangi davrga kirib kelgan mintaqadagi birinchi aviakompaniya boʻldi. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi har doim aviatsiya korxonalari bilan yaqin aloqada boʻlib kelgan boʻlsa, keyingi yillarda A310 va boshqa turdagi havo kemalariga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha oʻz imkoniyatlariga ega boʻldi. Ushbu muvaffaqiyatning ikkinchi muhim omili 2010-yilda xizmatga kirishgan A320CEO tanlovi boʻlsa, 2019-yilda esa aviakompaniya aviaparkiga qoʻshilgan A320NEO boʻldi.

Hasan PAYDOYEV — “Xalq soʻzi”

Hasan PAYDOYEV — “Xalq soʻzi”

Hasan PAYDOYEV — “Xalq soʻzi”

Hasan PAYDOYEV — “Xalq soʻzi”

Hasan PAYDOYEV — “Xalq soʻzi”

Hasan PAYDOYEV — “Xalq soʻzi”

Hasan PAYDOYEV — “Xalq soʻzi”

Hasan PAYDOYEV — “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер