«Uzavtomotors»dan ilhomlangan «Ferrari» mijozlarini ikki yilgacha kutishga majbur qilmoqchi

17:28 21 Iyun 2024 Dunyo
263 0

Italiyaning mashhur «Ferrari» kompaniyasi oʻzining birinchi elektromobili 500 ming yevrodan qimmatroqqa baholanadi. Bu haqda «Reuters» axborot agentligi manbasi xabar bergan.

Hashamatli avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniya oʻta boy mijozlarni koʻproq jalb qilishni maqsad qilgan elektromobilini keyingi yil oxirida taqdim etishni rejalashtirmoqda. Uning narxi «Ferrari»ning oʻrtacha sotuv narxidan sezilarli darajada, deyarli 150 ming yervoga balandroq boʻladi.

Narxning 15-20 foizga qimmatlashishi kompaniyani mijozlarni yoʻqotish xavfi bilan choʻchita olmayapti. Kompaniya menejerlariga koʻra, yuqori narxga qaramay, «Ferrari» hashamatli elektromobillar bozorida kuchli «oʻyinchi» boʻla oladi.

Taqqoslash uchun aytish mumkinki, «Porsche» kabi boshqa hashamatli brendlar elektromobillarini ancha past narxlarda («Taycan» uchun 100 ming yevro) baholashadi.

Italiya avto giganti elektromobillarining narxi yoki Italiyaning Maranello shahrida tez orada ochilishi kutilayotgan yangi zavod haqida ham hech qanday izoh bermadi. Agarda zavod ishga tushsa, «Ferrari»ning ishlab chiqarish quvvatini oʻtgan yili 14 mingdan 20 mingtagacha oshadi.

Yangi zavod ushbu brendga boʻlgan yuqori talabning bir qismini qondirishi mumkinligini koʻrsatadi. Shunga qaramasdan, baʼzi «Ferrari» modellari uchun kutish roʻyxatlari ikki yildan ortiq boʻlishi mumkin.

Bunday uzun navbatlar avval mazkur kompaniyada yuzaga kelmagan edi. 24 oygacha choʻzilishi mumkin boʻlgan uzun roʻyxat «Land Rover» kompaniyasi modellariga tegishli edi. “Land Rover”dan keyin «Audi», «Maserati» va «Jaguar» kabi avtokompaniyalarda navbat 12 oygacha choʻzilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, «Uzavtomotors»da avtomobil xarid qilinganda rusumga qarab navbat 6 oydan 1-yilgacha (hatto undan ham koʻp) choʻzilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?