UzAutoMotors oʻtkazgan 1,3 mlrd soʻmlik davlat xaridida qonun buzilishi holati aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi UzAutoMotors oʻtkazgan 1,3 mlrd soʻmlik davlat xaridida qonun buzilish holatini aniqladi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda UzAutoMotors tomonidan 8-iyul kuni oʻtkazilgan 1,3 mlrd soʻmlik davlat xaridida affillangan shaxslar ishtirok etib, gʻolib boʻlganligi yuzasidan xabarlar eʼlon qilingan.
Keltirilgan holatlar yuzasidan agentlik tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishda ushbu xarid jarayonida ishtirok etgan tadbirkorlik subyektlarining rahbar va taʼsischilari yaqin qarindosh ekanligi, shu bois mazkur jamiyatlar affillangan shaxslar hisoblanishi maʼlum boʻlgan.
Xarid komissiyasi tomonidan yuqoridagi davlat xaridlarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi qonunning bir qator talablari buzilganligi sababli buyurtmachiga xarid natijalarini bekor qilish haqida taqdimnoma kiritildi.
Oʻrganish jarayonida toʻplangan hujjatlar aybdor shaxslarga qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organga yuborildi, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring