“UzAuto Motors”ni xususiylashtirish tezlashtiriladi

02:06 10 Aprel 2022 Jamiyat
461 0

Foto: Arxiv surat

Prezidentning tegishli farmoni bilan Oʻzbekistonda qator yirik davlat korxonalari xususiylashtiriladi.

Unga koʻra, “Uzbekistan Airways”, “UzAuto Motors” “Samarqand Avtomobil” zavodi aksiyalari sotuvga qoʻyiladi. Xususan, “UzAuto Motors”ning 10 foizgacha boʻlgan aksiyalar paketi 2022-yilning 1-avgustigacha mahalliy fond bozoriga ommaviy savdoga qoʻyiladi. Bunda xalqaro investitsiya banki va moliyaviy konsultantlar jalb qilinishi belgilab qoʻyilgan.

Bundan tashqari, 1-sentyabrga qadar “Uzbekistan Airways”da 51 foiz va undan ortiq ulush saqlab qolingan holda aksiyalar sotuvga qoʻyiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?