“UzAuto Motors” “shapka” mavzusiga munosabat bildirdi

10:17 01 Iyun 2021 Jamiyat
986 0

“UzAuto Motors”da avtomobillarni sotib olish uchun “turnaqator navbatlar” haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga kompaniya axborot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mikrochiplarning global tanqisligi bir qator yirik avtomobilsozlik korxonalarida ishlab chiqarishni toʻliq toʻxtatishga olib keldi.

“UzAuto Motors” AJ ushbu muammoning salbiy oqibatlarini minimallashtirishga muvaffaq boʻlib, zavodlarning toʻliq toʻxtab qolishiga yoʻl qoʻymadi. Biroq, shu bilan birga aytish joizki, koʻpchilik ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishiga guvoh boʻlmoqda va bu oʻz navbatida yangi transport vositalarini yetkazib berish muddatini uzayishiga sabab boʻlmoqda.

Yuzaga kelgan holatdan foydalanib, baʼzi bir vijdonsiz boʻlgan subyektlar tomonidan spekulyativ vaziyatlar va noqonuniy harakatlar sodir etilmoqda hamda bunga qarshi “Oʻzavtosanoat” AJ faol kurash olib bormoqda. Tovlamachilik haqida xabar berish orqali huquqbuzarlarga qarshilik koʻrsatish dasturiga oʻz xissangizni qoʻshing!

Agar siz avtomobil xarid qilish vaqtida maʼlum bir avtomobil modelini sotib olish boʻyicha shartnomalar yoʻqligi bilan bogʻliq boʻlgan qonunbuzarlik yoki boshqa turdagi korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan “UzAuto Motors” AJning mijozlar bilan ishlash markazi 78 141 77-77 yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 1007 qisqa raqamlariga murojaat qilishingizni soʻraymiz», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?