“UzAuto Motors”: Livanga Spark avtomobillarining birinchi partiyasi yuborildi

10:17 01 Aprel 2022 Jamiyat
623 0

Bugungi murakkab sharoitlarda “UzAuto Motors” AJ oʻz mahsulotlarini nafaqat mamlakat ichida, balki tashqi bozorlarga ham kirish imkoniyatini kengaytirib, qator sanoat tarmoqlarini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchlaridan biri boʻlib qolmoqda.

Kompaniya mahsulotlari qator mamlakatlarda barqaror talabga ega. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet avtomobillari soʻnggi yillarda Qozogʻiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Ukraina, Belarus, Afgʻoniston va Rossiya bozorlarida juda raqobatbardosh ekanligini koʻrsatdi. 

Ammo doimiy oʻzgarib borayotgan xalqaro vaziyatda bozor imkoniyatlarini kengaytirish uchun avtomobil ishlab chiqaruvchilarni tinimsiz ishlashga majbur qilmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida UzAuto Motors Livandagi eng yirik avtomobil dilerlaridan biri – IMPEX kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaror qildi.

Martning soʻnggi kunida kompaniya Livanga 54 dona LT, AT komplektatsiyali Spark avtomobillarining birinchi partiyasini yubordi. Keyinchalik Yaqin Sharq bilan ushbu hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?