UzAuto Motors yil boshidan buyon qancha daromad qilgani maʼlum boʻldi

05:18 27 Aprel 2022 Jamiyat
509 0

UzAuto Motorsʼning 2022-yilning yanvar—mart oylaridagi umumiy daromadi 8,6 trillion soʻmni tashkil etdi. Bu haqda “Daryo”ga taqdim etgan kompaniyaning moliyaviy hisobotida maʼlum qilingan.

Taʼkidlanishicha, kompaniyaning daromadi 2021-yilga nisbatan deyarli ikki baravar oshgan. Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirganda UzAuto Motors 4,4 trillion soʻm daromad koʻrgan. Bunga mahsulot tannarxining sezilarli darajada oshgani ham sabab boʻldi – 3,5 trillion soʻmdan 7,2 trillion soʻmga yetdi.

Shuningdek, kompaniyaning xarajatlari 7,6 trillion soʻmni tashkil etib, UzAuto Motors 143 milliard soʻm soliq toʻlagan.

Birinchi uch oyda sof foyda 619,6 milliard soʻmni tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki barobar koʻpdir. Oʻtgan yilning mos davrida kompaniya 352,2 milliard soʻm sof foyda koʻrgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?