«UzAuto Motors» «Chevrolet Captiva 5» avtomobillarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzishni toʻxtatdi

12:46 20 Noyabr 2021 Iqtisodiyot
835 0

«UzAuto Motors» kompaniyasi rasmiy bayonotida mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlangan barcha mablagʻlar toʻliq qaytarilishini maʻlum qildi. Shuningdek, kompaniya qoʻshimcha ravishda oldindan toʻlov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi.

Yangi krossover sotib olish ehtiyojida boʻlgan xaridorlar oʻz xohishiga koʻra, «Chevrolet Captiva 5» avtomobili oʻrniga «Chevrolet Equinox» yoki «Tracker» modellarini xarid qilishlari mumkin.

Almashtirilgan avtomobillarni yetkazib berish muddati «Chevrolet Captiva 5» uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq, 2022-yil yanvar oyidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.

Holatga umumjahon yarimoʻtkazgichlar tanqisligi sabab ekanligi aytilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?