“UzAuto Motors” AJ shu yilning birinchi choragida ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini oshirdi

13:38 19 Aprel 2022 Iqtisodiyot
503 0

“UzAuto Motors” AJ 2022-yilning 1-choragida barcha belgilangan ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini bajarishga erishib, samarali natijalarni qayd etdi.

Kompaniya 2022-yilning 1-choragida Asaka va Xorazmdagi zavodlarida jami 68 905 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishdi.

Shu bilan birga, Asaka zavodida 1-chorakda 19 192 dona Cobalt va 19 439 dona Lacetti avtomobil modellari ishlab chiqarildi. Xorazmdagi zavodida ushbu davr mobaynida 17668 dona “Damas” va 3540 dona “Labo” rusumli avtomobillar ishlab chiqarildi.

Taʼkidlash joizki, UzAuto Motors 1-chorakda Asakadagi zavodda asosiy ishlab chiqarishni toʻxtatmagan holda, yangi “Tracker-2” avtomobilini ham sinov tariqasida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?