Uzauto Motors 2020-yilda 582,6 mlrd soʻm yigʻimni byudjetga toʻlamagan. Yigʻim xaridorlar hisobidan undiriladi

13:25 18 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
320 0

Uzauto Motors kompaniyasi 2020-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida davlat byudjetiga 582,6 mlrd soʻm yigʻimni toʻlamagan. 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab joriy qilingan ushbu yigʻim avtomashinalar narxiga kiritilgan, natijada ushbu yigʻim xaridorlar hisobidan undiriladi.

«Oʻzavtosanoat» tizimidagi avtotransport ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020-yil davomida yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun belgilangan yigʻimlar hozirgacha toʻlanmagan. Bu haqda 2021-yil uchun Byudjetnoma boʻyicha xulosasida maʼlum qilindi.

Hisob palatasining taʼkidlashicha, 2019-yil 1-oktyabrdan boshlab mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yigʻim avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan toʻlanishi qayd etilgan. «Oʻzavtosanoat» maʼlum qilishicha, ushbu 3 foizlik yigʻim avtomashinalar narxiga kiritilgan, natijada xaridorlar avtomashinani sotib olganda ushbu yigʻimni toʻlashadi.

Hisob palatasining maʼlum qilishicha, «Oʻzavtosanoat» tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan 2020-yil davomida ushbu yigʻim toʻlanmasdan kelinmoqda.

“Maʼlumot uchun: UzAuto Motors AJ tomonidan 2020-yilning yanvar-sentyabr oylarida 582,6 milliard soʻm yigʻim toʻlanmagan”, — deyiladi hisobotda.

Shu bois Hisob palatasi «Oʻzavtosanoat» AJ tizimidagi avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilarni yigʻim toʻlashdan ozod etishni belgilovchi imtiyozni qayta koʻrib chiqish kerakligini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?