Uzbekistan Airways Yoshlar turizmi haftaligi munosabati bilan 21 foizlik chegirma e’lon qildi

18:27 14 Mart 2023 Jamiyat
799 0

Arxiv foto

Uzbekistan Airways Yoshlar turizmi haftaligi o‘tkazilishi munosabati bilan 23−31 mart kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 21 foizlik chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida ma’lum qilingan.

Chegirma 12 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari, talabalar va yoshlar uchun ekonom klass tariflariga amal qiladi. Aviachipta qaytarilganda, qayta bronlashtirilganda yoki qayta rasmiylashtirilganda tarifga taqdim etilgan chegirma aviachiptani qaytarish va qayta bronlashtirish uchun undiriladigan yig‘imlarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Qisman foydalanilgan aviachipta pulini chegirma tugagandan keyingi kunda qaytarmoqchi bo‘lgan yo‘lovchi chegirma amal qilgan kunda sotib olgan miqdorda qaytarib oladi. To‘liq foydalanilmagan yoki qisman foydalanilgan aviachiptalarni qayta rasmiylashtirganda, agar jo‘nash sanalaridan biri chegirma tugagan vaqtdan keyinga to‘g‘ri kelmasa, to‘liq tarif darajasiga chegirmalar qo‘llanilmaydi.

Chegirmali aviachiptalarni rasmiylashtirish uchun faqatgina Uzbekistan Airways Sales yoki uning agentlariga murojaat qilish kerak bo‘ladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер