“UzAirways” Rostov-Don va Krasnodarga reyslarni bekor qildi

18:49 24 Fevral 2022 Jamiyat
904 0

Arxiv surat

“UzAirways” Rostov-Don va Krasnodarga reyslarni bekor qildi. Bu ikki shahar aeroportlarining fuqaro aviatsiyasi uchun vaqtincha yopilganligi bilan bogʻliq, deb taʼkidlanadi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.

Shu bois quyidagi reyslar bekor qilingan:

HY-9647/9648 Toshkent — Rostov-na-Donu — Toshkent, 25, 27-fevral va 2-mart kunlariga moʻljallangan

HY-9687/9688 Toshkent — Krasnodar — Toshkent, 27-fevral va 1-martga belgilangan

HY-3687/3688 Toshkent — Krasnodar — Toshkent, 2-martga belgilangan

“Ushbu reyslar uchun chipta sotib olgan yoʻlovchilar reyslar qayta tiklanganidan soʻng istalgan bepul sanada toʻlovni toʻliq qaytarib olishlari yoki ularni bepul qayta bron qilishlari mumkin boʻladi”, deyiladi aviakompaniya xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?