Ustuvor yoʻnalishlar va istiqboldagi rejalar muhokamasi

16:51 15 Iyun 2022 Jamiyat
311 0

OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasida Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining (YEXHT DIIHB) Ouen Merfi boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Dastlab delegatsiya vakillariga partiya faoliyatining hozirgi kundagi ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot berildi.

Muloqot mobaynida 2021-yil 24-oktyabrda oʻtkazilgan Oʻzbekiston prezidentligiga saylovni kuzatish boʻyicha DIIHB delegatsiyasi missiyasining yakuniy hisoboti ham koʻrib chiqildi. 

Uchrashuvda tomonlar YEXHT ning boʻlajak saylovlar huquqiy bazasi va amaliyotini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalarini har tomonlama muhokama qilishga alohida eʼtibor qaratishdi hamda bu yoʻnalishda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Fikr almashinuvlar chogʻida keyingi yillarda Oʻzbekiston siyosiy partiyalarining YEXHT institutlari, jumladan, DIIHB bilan ham hamkorligi sezilarli darajada faollashgani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar oldilar.

Tadbir doʻstona ruhda boʻlib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?