Urgutlik oʻquvchi 16 yildan soʻng rasman hujjatli boʻldi

10:43 21 Iyul 2022 Jamiyat
407 0

Urgut tuman adliya boʻlimiga “Mazortepa” MFYda yashovchi fuqaro L.Jabborova 2006-yilda tugʻilgan farzandining hozirgi kunga qadar tugʻilganligi qayd etilmaganligini va bolaning tugʻilganlik haqida guvohnomasi yoʻqligini bildirib, unga tugʻilganlik xaqida guvohnoma olishda amaliy yordam berishni soʻrab murojaat qildi.

L.Jabborovaning murojaatini oʻrganish jarayonida haqiqatan ham uning 2006-yilda tugʻilgan oʻgʻli nomida tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi FHDYO organlarida mavjud emasligi maʼlum boʻldi.

Adliya boʻlimining saʼi-harakatlari bilan L.Jabborovaning 2006-yilda tugʻilgan farzandi A.Moʻminovning tugʻilganligi Urgut tuman 1-son FHDYO boʻlimi tomonidan rasmiylashtirilib, tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etildi.

Natijada fuqaro rasman tugʻilganlik haqidagi hujjatga ega boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?