Urgutda qalbaki pullar ishlab chiqargan shaxslar ushlandi

Olingan tezkor maʼlumotga asosan Urgut tumani boʻyicha IIO FMB hamda DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Samaraqand viloyati IIB axborot xizmatining xabariga koʻra, Urgut tumani Qolduvoyjar mahallasida yashovchi B.I. oʻzining yashash uyining xonasida, noqonuniy ravishda oʻziga tegishli boʻlgan rangli printeri orqali 100.000 soʻmlik kupyuradagi qalbaki pullarni ishlab chiqarib, muomalaga kiritib kelganligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, B.I.ning qarindoshi D.ning yashash uyi koʻzdan kechirildi.
Ushbu shaxs ham oʻzining yashash uyida jami 3.500.000 soʻm miqdoridagi qalbaki pullarni saqlab kelayotganligi aniqlanib daliliy ashyolar xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Urgut tumani boʻyicha IIO FMB huzuridagitergov boʻlimi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring