Urgutda 1 kg opiyni 150 mln soʻmga sotmoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

15:47 22 Iyun 2024 Jamiyat
507 0

Foto: Videodan kadr

Samarqand viloyati Urgut tumanida opiy giyohvandlik moddasini sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, joriy yilning 17-iyun kuni viloyati IIB xodimlari tomonidan Samarqand shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda 47 yoshli fuqaro 1 kilogramm opiy giyohvandlik moddasini xaridorga 150 million soʻmga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olingan.

Surishtiruv ishlari davomida mazkur shaxsning vaqtincha yashash manzili yotoqxonasidan gashish va opiy saqlab kelayotgani maʼlum boʻlgan.

«Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar tergov boshqarmasiga topshirilgan, holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda», deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер