Urgut tumanida tashabbuskor homiylar tomonidan 18 ta maktabga suv tarmogʻi tortildi

10:15 04 Sentyabr 2020 Jamiyat
197 0

Urgut tumani hokimligi axborot xizmatining xabariga koʻra tumandagi ichimlik suvi bilan bogʻliq muammolari mavjud boʻlgan 26 ta umumtaʼlim maktablari oʻrganib chiqilgan.

Tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablaridagi ichimlik suvi bilan bogʻliq muammolarni hal etish uchun byudjet mablagʻlari hisobidan bosqichma-bosqich 650 million soʻm ajratilishi belgilangan edi.

Yuqorida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligi, faollar va homiylar tomonidan joriy yilning 30-avgust holatiga 20 ta umumiy oʻrta taʼlim maktabidagi ichimlik suvi bilan bogʻliq muammolar bartaraf qilinib, byudjetdan ajratilishi lozim boʻlgan mablagʻ tejab qolindi. Sababi, tashabbuskor homiylar tomonidan 18 ta maktabga suv tarmogʻi tortildi, 2 ta maktabda esa artezian qudugʻi yangidan qazildi.

Qolgan 6 ta maktabni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash ishlari olib borilmoqda. Qisqa muddatda ushbu muammo ham bartaraf etiladi.

Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?