“Urgut” erkin iqtisodiy zonasidan 14 million dollarlik mahsulot eksport qilindi

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasida umumiy qiymati 364,4 million dollarlik (shundan, 67,5 million dollari xorijiy) investitsiyalar hisobidan 75 ta loyiha amalga oshirilib, 5337 ta ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan. 2020-yil 1-sentyabr holatiga 273 million dollar (shundan, 128,4 million dollar oʻz mablagʻi, 101,3 million dollar bank krediti, 43,3 million dollar xorijiy) investitsiya oʻzlashtirildi.
Bugungi kunda 50 ta loyiha ishga tushirildi va bu loyihalar doirasida 3287 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi hamda ishga tushgan korxonalar tomonidan 2020-yil 1-sentyabrgacha 673 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, 14,2 million dollarlik eksport amalga oshirildi.
2020-yilning yanvar-avgust oylarida qiymati 13,2 million dollarlik 9 ta loyiha ishga tushirilishi hisobiga 350 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishildi. Yil yakunigacha qiymati 38,2 million dollarga teng yana 7 ta loyiha ishga tushirilishi hamda 750 nafarga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilishi belgilangan.
Bundan tashqari, erkin iqtisodiy zonada 78,7 million dollar (shundan, 15,7 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya ishtirokida) boʻlgan 25 ta loyihada qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda va ushbu loyihalar ishga tushirilishi natijasida 1500 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilishiga erishiladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring