Urganchlik Gulchehra Serimbetova 17 yil deganda tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga ega boʻldi

Foto: “Xalq soʻzi”
2005-yilda Urganch tumanida tugʻilgan Gulchehra Serimbetova 17 yoshga toʻlguncha shaxsini tasdiqlovchi hujjatsiz yashab kelgan. Uning onasi asli qoraqalpogʻistonlik boʻlib, qizini chaqaloq paytida tashlab, boshqa mamlakatga ketadi va oʻsha yerda olamdan oʻtadi.
Ona mehri va tarbiyasini koʻrmay, ota qoʻlida qolgan qizaloq, beparvolik sabab rasmiy hujjatlarga ega boʻlmasdan ulgʻaydi. Gulchehra oʻzining mustaqil hayotini shaxsini tasdiqlashdan boshlashga qaror qilib, Urganch tumani FHDYO boʻlimiga murojaat qiladi. Murojaat FHDYO boʻlimi xodimlari tomonidan oʻrganilib koʻrilgan amaliy choralar natijasida Gulchehra oradan 17 yil oʻtib tugʻilganlik haqidagi guvohnomaga ega boʻldi. Shu tariqa u tengdoshlari kabi fuqarolik pasportini olib, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish va oʻz huquqlaridan toʻlaligicha foydalanish imkoniyatiga ega boʻldi.
Oila kodeksiga asosan, tugʻilishni qayd etish majburiy boʻlib, fuqarolar bola dunyoga kelganidan boshlab 1 oy ichida FHDYO organlariga murojaat qilishlari lozim. Belgilangan muddatning oʻtib ketganligi tugʻilganlikning qayd etilishiga toʻsqinlik qila olmaydi. Qayd etilgan harakatlar boʻyicha tegishli guvohnomalarni fuqarolarga taqdim etish uchun qonunchilikka binoan, FHDYO organi masʼul hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring