Urganchda harbiy xizmatchilar uchun koʻp qavatli turarjoy binolari foydalanishga topshirildi

Eng ulugʻ va eng aziz bayramimiz — mamlakatimiz Mustaqilligining 29 yilligi arafasida Urganch shahrida harbiy xizmatchilar oilalari uchun moʻljallangan koʻp qavatli turarjoy binolari foydalanishga topshirildi. Shaharning “Obi-hayot” mahallasida qad rostlagan har biri 30 xonadondan iborat 2 ta 5 qavatli yangi uylar xalqimiz va yurtimiz tinchligini koʻz qorachigʻiday asrab kelayotgan vatan himoyachilari uchun chinakam bayram tuhfasi boʻldi.
Yangi kvartiralarni oʻz egalariga topshirish marosimida ishtirok etgan Xorazm viloyati hokimi, harbiy-maʼmuriy sektor rahbari Farhod Ermanov, Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni Farhodjon Shermatov va boshqa soʻzga chiqqanlar harbiylar hamda ularning oilalarini ijtimoiy muhofaza qilish, harbiy shaharchalar infratuzilmasini, harbiy qismlar oʻquv-moddiy bazasini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida toʻxtaldilar. Keyingi uch yil ichida harbiy okrug hududida imtiyozli ipoteka krediti asosida 300 nafardan ortiq harbiy xizmatchilar oilalari uchun 8 ta koʻp qavatli uylar qurib foydalanishga topshirilgani eʼtirof etildi.
Yana taʼkidlash joizki, joriy yilda Xorazm viloyat mudofaa ishlari boshqarmasining maʼmuriy binosi, harbiy-texnik mutaxassislar tayyorlash markazida 100 oʻrinli oshxona rekonstruksiya qilindi. “Yangiariq” dala oʻquv maydonining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida qoʻshimcha bino va inshootlar qurilishi davom etmoqda.
Odilbek Odamboyev,
(“Xalq soʻzi”)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring