Urganchda 220,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan AYOQSH aniqlandi 

19:47 18 May 2024 Jamiyat
243 0

Xorazm viloyatining Urganch tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilgan. 

Unda tumanda faoliyat yurituvchi “J.T.O.” xususiy korxonasi masʼul shaxslari avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchasiga oʻrnatilgan 1 dona elektr quvvatlash uskunasini tijorat maqsadida elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 220,3 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер