Urganch va mamlakatimizni boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard soʻm subsidiya beriladi

13:06 01 Mart 2024 Siyosat
326 0

Arxiv surat

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari yuzasidan yigʻilish oʻtkazmoqda.

Yigʻilishda xizmatlarda oʻsish boʻlishi uchun transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Shu bois, Urganch va mamlakatimizni boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard soʻm subsidiya beriladi.

Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.

“Urganch — Xiva” trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.

Urganch aeroporti boshqaruvi va modernizatsiyasiga xususiy sherik jalb qilish taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер