Urganch xalqaro aeroportiga direktor tayinlandi

18:12 16 Noyabr 2022 Jamiyat
390 0

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi buyrugʻi bilan Gaipov Sunnatilla Xudayarovich 2022-yil 15-noyabrdan boshlab “Urganch” xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi Sunatilla Gaipov 20 yilga yaqin “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasida turli lavozimlarda ishlagan. Soʻnggi yillarda u Amritsarda (Hindiston) aviatashuvchi vakili va Dehlida vakil yordamchisi boʻlib faoliyat yuritgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning may oyida aeroportning avvalgi direktori rahbariyat qarori bilan egallab turgan lavozimidan ozod etilgan edi. Shu paytgacha, boshqaruv raisining operatsion faoliyat boʻyicha birinchi oʻrinbosari Javlonbek Umarxoʻjayev aeroportning vaqtinchalik direktori vazifasini bajarib kelgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?