Unutilayotgan kasblar va hunarmandchilik shakllari qayta tiklanadi

09:34 14 Oktyabr 2021 Jamiyat
81 0

Buxoro shahrining eski shahar qismida “Kitobat sanʼati” markazini qurish-bezak berish ishlari nihoyasiga yetkazilmoqda.

Islom sivilizatsiyasi markazi xabariga koʻra, qadimgi shahar muhitini aslo buzmagan holda tiklanayotgan ushbu imoratda unutilayozgan kasblar va hunarmandchilik shakllari qayta tiklanadi: sahhoflik (muqovasozlik), qogʻoz ishlab chiqarish laboratoriyasi, xattotlik (kalligrafiya) va miniatyura sanʼati, shuningdek misgarlik va zargarlik boʻlimlari ham boʻladi.

Bino bitgach, unda Islom sivilizatsiyasi markazining Buxoro boʻlimi ham joylashadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?