Unumdorligi past yerlarda kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

18:45 08 Aprel 2021 Siyosat
295 0

Prezident boshchiligida oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari qishloq xoʻjaligida yerlardan foydalanish masalasiga ham alohida toʻxtalib oʻtdi.

Prezident Qoʻchqorov, Xodjayevga viloyat hokimlari bilan birga ishchi guruhlari tuzib, bir oy muddatda unumdorligi past boʻlgan va foydalanilmayotgan qishloq xoʻjaligi yerlarida loyiha asosida kichik sanoat zonalari tashkil etish boʻyicha takliflarni kiritish topshirigʻini berdi. Bunda yerlarning aniq chegarasi va maydoni tasdiqlanishi kerakligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?