Universitetda Omonulla Madayev bogʻi ochildi

Otabek ISROILOV/“Xalq soʻzi”. Taniqli adabiyotshunos olim, jonkuyar pedagog Omonulla Madayev bir umr maktab va oliy taʼlim muassasalarida yosh avlodga xalq ogʻzaki ijodi va oʻzbek adabiyoti tarixidan saboq berib kelgan. Shuning bilan birga, Alisher Navoiyni XXI asr avlodi ongiga singdirish uchun mehnat qilgan, zahmat chekkan. Eng muhimi, bu ishlarda halollik va pokizalikni bosh mezon deb bilgan.
Ijtimoiy tarmoqda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxoʻja yosh jurnalistlarning taklifini qoʻllab-quvvatlab, universitet hovlisidagi oʻrikzorga Omonulla Madayev nomini berdi va yodgorlik lavhini oʻrnatdi. Uning ochilish marosimiga olimning qizi professor Shahnoza Madayeva, shuningdek, yosh jurnalist Otabek Isroilov tashabbus egasi sifatida taklif qilindi.
Darvoqe, Omonulla Madayev va oʻrik guli. Oʻrik har yili gullaydi, adabiyotshunos olim esa har yili bir necha kunga Fargʻonaga, Rishtonga borib, yuzlab gektar bogʻda oʻrik guli tomoshasidan, oʻrik guli yaproqlarining raqsidan zavq olib kelgan. Bu koʻngil kishisi va mehr odamining madaniy hordigʻi edi.
Oliy ilmgoh oʻrikzorida Omonulla Madayev bogʻi ochilar ekan, donishmand xalqimizning “Yaxshidan bogʻ qoladi” degan qadim hikmati bejiz emasligiga, yaxshi odamlarning ezgu amallari umrboqiy boʻlishiga yana bir bor amin boʻldik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring