Universitet talabasi bo‘lgan qiz, imtihondan so‘ng otasining qabrini ziyorat qildi


Diyoraxon Nabijonova O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga davlat granti asosida kirgani haqidagi xabarni olgach, rahmatli dadasining qabrini ziyorat qildi. Va “Niyatingizni amalga oshirdim” deya otasining ruhini shod ayladi.
Binobarin, besh yoshida otasi O‘lmasjondan ayrilgan Diyoraxon oddiy oila farzandi. Onasi va ukasi bilan yashaydi.Shu yil Guliston davlat universitetining akademik litseyini bitirdi.
Jurnalist bo‘lish bolalik orzusi edi. Niyati yo‘lida tinmay izlandi, o‘qidi, gazetalarga maqolalar yozib ijodiy qobiliyatini shakllantirib bordi.Natijada ijodiy imtihonlar va test sinovlaridan, ayniqsa, yozma sinovdan eng yuqori ball to‘pladi.
“Maktabda va litseyda o‘qib yurganimda oliy o‘quv yurtiga kirish haqidagi har xil gaplarni eshitib, rosti, ko‘nglimda,men bir oddiy oila qizi bo‘lsam, niyatimga yetarmikanman degan hadik bor edi, - deydi Diyoraxon. - Shukrki, ayni men hujjat topshirgan yili bunday gap-so‘zlarga hech qanday o‘rin qoldirmaydigan, faqat va faqat bilim hamda iste’dod tarozi pallasini bosadigan butunlay yangicha, adolatlilik, shaffoflik va ochiqlik to‘liq ta’minlangan tartib joriy etildi.Ayni chog‘da amaldagi chora-tadbirlar kelajakda yurtimiz uchun yetuk mutaxassis-kadr bo‘lish orzusidagi abituriyentlarning bilimlar bellashuvida haqiqiy sog‘lom raqobatni ham to‘liq kafolatlamoqda”.
Binobarin, shu kunlarda hozirgacha test sinovlarini topshirgan abituriyent yoki ularning ota-onasi borki, oliy o‘quv yurtlariga qabulning bu yilgi tartib-tamoyillari adolat mezonlariga to‘la mos ekanligini e’tirof etishmoqda.
Ahmadali ShЕRNAZAROV,
“Xalq so‘zi”muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring