Umummilliy Konstitutsiya imtihonining 1-bosqichi yakunlandi

Adliya vazirligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni oʻtkazilmoqda.
Imtihonning 1-bosqichi yakunlandi. Unda jami 15 ming nafardan ortiq ishtirokchi roʻyxatdan oʻtdi (shundan 58 foizi – erkaklar, 42 foizi – ayollar).
Ishtirokchilarning 65 foizini yoshlar tashkil etdi.
Shuningdek, Imtihon ishtirokchilarining 30 foizini – oʻqituvchi va murabbiylar, 25 foizini – maktab oʻquvchilari, 10 foizini – talabalar tashkil etdi.
Respublika boʻyicha barcha ishtirokchilarning oʻrtacha koʻrsatkichi 13 tani tashkil etdi (2021-yil - 11 ta).
Eng koʻp ishtirokchi Toshkent shahridan ishtirok etgan boʻlsa, eng yaxshi oʻrtacha natijani Navoiy viloyati qayd etdi.
Test natijalariga koʻra, 3 ta yoʻnalish boʻyicha qisqa vaqt ichida eng koʻp savolga toʻgʻri javob bergan hamda 1 ta ijodiy savolga javob bergan 30 nafardan ishtirokchi elektron tizim orqali aniqlandi.
Imtihon shartlariga koʻra, ushbu ishtirokchilarning ijodiy savolga javoblari baholanib, uchta yoʻnalish boʻyicha 10 nafardan ishtirokchi final bosqichiga yoʻl oladi.
Final bosqichi boʻyicha ishtirokchilar roʻyxati, oʻtkazilish joyi hamda vaqti haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring