Umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablar soddalashtiriladi

09:42 29 Iyul 2022 Jamiyat
228 0

“Tadbirkorlik subyektlari bilan samarali muloqot tizimini joriy etish va ularning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–178-son, 27.07.2022-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, “business.gov.uz” portali “Tadbirkor virtual ofisi” portaliga aylantirildi.

Portal orqali tadbirkorlarning murojaatlari kechayu kunduz qabul qilinib hal etiladi va ushbu jarayonlar nazorat qilib boriladi.

2022-yil 1-avgustdan:

portalga quyidagilar tomonidan murojaatlar kiritiladi:

— tadbirkorlar;

— Savdo-sanoat palatasi huzuridagi “Sall-markaz” xizmati;

— Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Vakil);

— hokim yordamchilari;

murojaatlar avtomatik yoki Vakil tomonidan vakolatli organlarga koʻrib chiqish va hal etish uchun yoʻnaltiriladi;

vakolatli organlar murojaatlarni koʻrib chiqib natijalari toʻgʻrisida axborotni portalga kiritadi;

Vakil murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan raqamli nazorat oʻrnatadi hamda qonunbuzilish holatlari boʻyicha tegishli taʼsir choralarini qoʻllaydi.

Vakil har yili 1-martgacha Prezidentga davlat organlari tomonidan tadbirkorlarning huquqlarini va manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishining holatiga doir yillik hisobot taqdim etadi.

Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 1-sentyabrgacha umumiy ovqatlanish va chakana savdo sohalaridagi talablarni soddalashtirish hamda ushbu sohalardagi tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini nazarda tutuvchi hujjat loyihasi Hukumatga kiritiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?