Umra ziyorati bilan bogʻliq firibgarlik holatlariga chek qoʻyildi

11:02 05 Fevral 2026 Jamiyat
241 0

Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatida Umra ziyorati bilan bogʻliq firibgarlik holatlariga chek qoʻyildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro O.K. va boshqalar fuqaro V.X.ning ishonchiga kirib, 4,9 ming dollar evaziga “Umra-2026” tadbiri uchun Saudiya Arabistoniga borish uchun viza hujjatlarini tayyorlab, 4 nafar fuqaroni Umra ziyoratiga yuborishlarini vaʼda qilib, oldindan boʻnak sifatida 2,5 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Departamentning Gʻuzor tumani boʻlimi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda xususiy aviakassa chipta sotuvchisi U.Q. fuqaro L.Ch.ning ishonchiga kirib, uning qaynonasini 12,2 mln soʻm evaziga tanishlari yordamida Umra ziyoratiga yuborishini aytib, shundan 10 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер