“Umra” tadbirini tashkil etish boʻyicha yangi talablar 1-noyabrdan kuchga kiradi
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-avgustdagi 345-sonli qaroriga muvofiq fuqarolarga “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga oid xizmatlarni koʻrsatish faqat mahalliy turoperator tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur qaror bilan tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar 2023-yil 1-noyabrdan boshlab amalga kiritiladi. Endilikda “Umra” tadbirlarini turoperatorlar tomonidan amalga oshirish uchun pasportning 5-pozitsiyasiga koʻra quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
— “Umra” tadbirini tashkil etish va oʻtkazish xizmatlarini koʻrsatish uchun qoʻshimcha ravishda diniy (islomiy) taʻlim yoʻnalishlari boʻyicha taʻlim muassasasi yoki Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Dinshunoslik”, “Islomshunoslik”, “Islom tarixi va manbashunosligi”, “Ziyorat turizmi” va “Islom huquqi” taʻlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklar) bitiruvchisi boʻlgan kamida bir nafar mutaxassisning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʻlumot;
— “Umra” tadbirini tashkil etish va oʻtkazishga oid turizm xizmatlarini koʻrsatmoqchi boʻlgan taqdirda, litsenziya talabgori 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasining Xavfsiz turizm jamgʻarmasi uchun ochilgan quyida keltirilgan bank rekvizitiga zaxira qilinganligi haqidagi maʻlumotni oʻzi mustaqil tarzda olishi zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bollivud yulduzi Mumbaydagi uyida pichoqlab ketildi
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- HAMAS va Isroil oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib oldi
- Poykentdan Oʻrta Osiyoda eng qadimiy sanalgan metall qurollar topildi
- Bir xum tilla topib olindi. Ushbu xazinada Gʻarbiy Rim imperiyasi imperatorining suratlari tushirilgan 141 dona oltin tanga bor
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring