Umidli yoshlarimiz Buyuk Britaniyaning eng nufuzli mukofoti bilan taqdirlandi

Foto: “El-yurt umidi” jamgʻarmasi matbuot xizmati
Buyuk Britaniyada taʼlim olgan bitiruvchilarga beriladigan nufuzli mukofotlardan biri, bu — “UK Study Alumni Award”. Ushbu mukofot oʻz sohasida katta yutuqlarga erishgan va jamiyatga ijobiy taʼsir koʻrsatgan insonlarni eʼtirof etadi. Mazkur sovrin butun dunyo boʻylab minglab nomzodlar orasidan eng ilgʻor bitiruvchilarni aniqlaydi. Uning toifalariga biznes va innovatsiyalar, madaniyat va ijodkorlik, fan va barqarorlik, ijtimoiy faoliyat kiradi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasining stipendiatlari Sirojiddin Olimov (“Edinburg” universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi) va Orzigul Gʻoyibova (“Bristol” universiteti magistratura bosqichi bitiruvchisi) Buyuk Britaniyaning nufuzli “Study Alumni Award — 2024” mukofoti bilan taqdirlandi. Bu haqda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilganidek, Sirojiddin Olimov respublikamiz yoshlari orasida mashhur boʻlib ulgurgan “Mutolaa” loyihasi uchun taqdirlandi. “Mutolaa” — Yoshlar ishlari agentligining kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihasi boʻlib, mazkur loyihadan foydalanuvchilar soni hozirga qadar qariyb 1,5 million nafarga yetdi. Loyiha Youtube ijtimoiy tarmogʻida video shaklida, audio kitoblar shaklida hamda ilova shaklida “Google Play” hamda “App store” platformalariga joylanmoqda. Loyihadan hozirgi paytda 1,5 million foydalanuvchi foydalanadi. 4 mingga yaqin kitobning elektron va audio shakllari joylangan.
Orzigul Gʻoyibova esa yoshlarni dunyoning eng yetakchi oliygohlariga kirishi va grantlar yutishiga koʻmaklashadigan “TOP 100” hamda respublikamizdagi xotin-qizlar orasida taʼlimni rivojlantirishga qaratilgan “PORLA” ijtimoiy loyihalari uchun taqdirlandi.
“TOP 100” loyihasi doirasida Oʻzbekistonning barcha hududlaridan iqtidorli yoshlar saralab olinib, ular uchun 1 haftalik bepul yozgi oromgohlar tashkillashtiriladi va oʻqishga kirish boʻyicha mahorat darslari olib boriladi.
Hozirda loyiha uchun “TopCoach” platformasi yaratilmoqda. Bu onlayn mentorlik platformasi boʻlib, top universitet talabalari Oʻzbekistondagi qiziqqan yoshlarga toʻgʻridan-toʻgʻri darslar oʻtadi. Bu esa chekka hududlardagi yoshlarga ham nufuzli universitetlarga kirish imkoniyatini yaratadi.
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi ushbu stipendiatlarga oʻz loyihalarini yanada rivojlantirish uchun moddiy ragʻbat berish ham koʻzda tutilganini qayd etgan.
Darvoqe, Sirojiddin Olimov va Orzigul Gʻoyibova bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligida faoliyat olib borayotir hamda yurtimiz yoshlari uchun manfaatli boʻlgan loyihalarga koordinatorlik qilib kelmoqda.
Shohsanam YOʻLDOSHEVA,
OʻzDJTU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- “Bilmak Navoiyni — zoʻr maʼrifat nishoni...”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring